Avto

Top-10 yapon avtomobillari qaysilar

Dastlabki o‘ntalikdan 1990–2000-yillarda ishlab chiqarilgan modellar o‘rin olgan
Eng yaxshi yapon avtomobillari / Foto: nissan

Yaponiyaning eng yaxshi avtomobillari aniqlandi. Dastlabki o‘ntalikdan 1990–2000-yillarda ishlab chiqarilgan modellarga joy berildi. BBC TopGear talqiniga ko‘ra, o‘ntalikka quyidagi modellar kirgan:

Honda Type R (1998–2001)

Honda Type R / Foto: BBC TopGear

Ro‘yxatda yetakchi o‘rindan Honda Integra Type R DC2 joy olgan. Yengil orqa o‘rindiqlar, titan uzatmalar dastasi, qo‘lda muvozanatlangan dvigatel, mustahkamlangan kuzov – barchasi haydovchining qulayligi uchun mo‘ljallangan.

Oddiy motor va ingichka g‘ildiraklariga qaramay, 0 dan 100 km/soatga 6 soniyada chiqadi.

Nissan GT-R

Nissan GT-R / Foto: MikeMareen / depositphotos.com

1999-yildan keyin ishlab chiqarilgan GT-R modellari ikkinchi o‘rinda turibdi. 1989-yilgi GT-R’ni hatto Porsche 959 bilan solishtirishgan. R33 modeli Yevropada rasmiy sotilgan bo‘lib, R34 modeli ixcham va kuchli dizayn bilan ajralib turgan.

600 ot kuchiga ega bo‘lgan motor afsonaga aylangan. Tuning qilingan versiyalarda bu raqam 1000 ot kuchidan oshgan. 2007-yilda esa yangi V6 motor va ilg‘or transmissiyaga ega R35 modeli paydo bo‘ldi.

Mitsubishi Evo

Mitsubishi Evo / Foto: bluebe / depositphotos.com

1999-yilgi Evo VI Tommi Makinen yapon avtomobillari orasida uchinchi o‘rinni egallagan. Evo va Impreza – 90-yillardagi rallining asosiy raqobatchilari bo‘ldi. Evo’da 2,0 litrli motor va to‘liq yurish tizimi mavjud. III modelgacha bo‘lgan versiyalar faqat Yaponiyada sotilgan. VI Tommi Makinen esa yapon muhandisligining eng yaxshi namunasi deb ataladi.

Toyota MR2

Toyota MR2 / Foto: zippar / depositphotos.com

Toyota’ning bu modeli ro‘yxatda albatta bo‘lishi kerak edi. Buyuk Britaniyalik ekspertlar tanlovi 2000–2006-yillarda ishlab chiqarilgan Toyota MR2 Roadsterga to‘g‘ri keldi.
Bu model 1984-yildan chiqarila boshlagan va Yaponiyadagi ilk o‘rta motorli avtomobil hisoblanadi. Yo‘nalishda boshqarish qulay, biroq ichki salon torligi sababli bozorni Mazda MX-5ga boy bergan.

Mazda RX

Mazda RX 8 / hurricanehank / depositphotos.com

1993–1996-yillarda ishlab chiqarilgan Mazda RX-7 FD sport avtomobili o‘zining dizayni, ko‘tarilib-tushadigan faralari ham ko‘pchilikning diqqatini tortgan.

Rotatsion motor muntazam texnik xizmat talab qiladi. To‘g‘ri qaralsa, juda ishonchli avtomobilga aylanishi mumkin. RX-8 esa kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Toyota Supra

Toyota Supra / Foto: MikeMareen / depositphotos.com

1993-yildan keyingi A80 Turbo versiyasi eng kuchli modellardan biri sifatida tan olingan.
A70 bozorga mustaqil model sifatida chiqdi, ammo eng mashhuri 1993-yilgi twin-turbo A80 bo‘ldi. Ferrari bilan teng kuchda bo‘lgan bu model burilishda eng kuchli raqobatchilarini ortda qoldirgan.

Subaru Impreza

Subaru Impreza / Foto: imwaltersy / depositphotos.com

1999-yilgi Subaru Impreza RB5 yettinchi o‘rinni egalladi. «Impreza» so‘zi kuchli 4WD avtomobillar bilan bog‘liq. Yumshoq yurishi va mustahkam shassisi bor. WRX va STI versiyalarida 300 ot kuchi mavjud. Impreza – 2000-yillardagi rallilar ramzi.

Honda NSX

Honda NSX / Foto: imwaltersy / depositphotos.com

Bu ro‘yxatda Honda NSX ham bor. NSX o‘z vaqtida Ferrari’ni yangidan o‘ylab ishlab chiqishga majbur qilgan model edi. Yengil alyuminiy kuzov, ilg‘or ergonomika va VTEC V6 motor bu modelni sifat ramziga aylantirgan. 0 dan 100 km/soatga 5 soniyada yetadi. Mexanik versiyalari eng qadrlanadigan avtomobillardan hisoblanadi.

Nissan Z

Nissan Z / Foto: imwaltersy / depositphotos.com

2003–2007-yillarda chiqarilgan Nissan 350Z GT Pack o‘ziga xos o‘ringa ega. 1970-yilgi 240Z modeli bilan boshlangan Z seriyasi 90-yillarda yana jonlandi. 300ZX Turbo – dizayni va unumdorligi bilan ajralib turadi. 350Z va 370Z – haqiqiy sport avtomobillari.

Mazda MX-5

Mazda MX-5 / Foto: khairil77 / depositphotos.com

Ro‘yxatni 2009–2014-yillarda chiqarilgan Mazda MX-5 RC 2.0 yakunlaydi. Mazda MX-5 butun dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilgan sport avtomobilidir — millionlab odamlar uni xarid qilgan.
Yengil, ishonchli, qulay va har kungi foydalanishga mos avtomobil. Ikkinchi avlod versiyasi ham chiqarilgan, lekin har biri mashinasozlik ixlosmandlarini befarq qoldirmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toyota 2027-yilda yoqilg‘i tejovchi gibrid krossover taqdim etishi haqida yozgandi.