
Yaponiyaning BestCarWeb nashriga ko‘ra, Toyota Harrier ikki yildan so‘ng to‘liq yangilanadi. Bu krossover 2027-yilda sotuvga chiqadi va u butunlay yangi motor bilan jihozlanadi.
Ushbu harakatlantiruvchi tizim 1,5 litrli turbomotor asosida yaratiladi. Model kupe-uslubidagi krossover dizaynida va mutlaqo yangi gibrid tizimga ega bo‘ladi.
Dastlab yangi Harrier 2026-yilda taqdim etilishi rejalashtirilgan edi, biroq sertifikatlash bilan bog‘liq mojaro sabab muddat kechiktirildi.
Yangi dizayn va texnologiyalar

Eng asosiy yangiliklardan biri – Harrier’ning tashqi ko‘rinishi. Endi u kupe-krossover shaklida bo‘ladi. Avtomobil o‘lchamlari: 4750x1860x1550 mm, g‘ildiraklar bazasi – 2270 mm. Bu hozirgi modelga qaraganda 80 mm.ga uzunroq, bu esa orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun qulaylik va yo‘lda barqarorlikni oshiradi.
Harrier yangi 1,5 litrli 4 silindrli turbomotor bilan ta’minlanadi. U aynan gibrid va PHEV (quvvat olish imkoniyatiga ega gibrid) tizimlari uchun ishlab chiqilgan. Yangi tizimning umumiy quvvati taxminan 180 ot kuchiga teng bo‘ladi. Bu tizim yoqilg‘i samaradorligini oshiradi.
TNGA-K platformasi va raqobatchilar

Yangi Harrier kompaniyaning TNGA-K platformasiga asoslanadi – xuddi yangi RAV4 singari. Biroq Harrier RAV4’ga qaraganda kattaroq bo‘ladi (RAV4 o‘lchamlari: 4620x1880x1680 mm, g‘ildirak bazasi – 2690 mm).
Bugungi kunda kupe-krossover segmenti jadal rivojlanmoqda: Mercedes GLC Coupe va BMW X4 kabi modellar allaqachon premium segmentda o‘z o‘rnini topgan. Yangi Harrier ham aynan ushbu raqobatchilarga qarshi kurashadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan KIA Sportage 2025 taqdim etilgani haqida yozgandi.