Vivo X Fold5 iPhone 16 Pro Max’dan ham yupqaroq bo‘ladi

5-iyun 2025 08:28 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Vivo X Fold5
Vivo X Fold5 iPhone 16 Pro Max’dan ham yupqaroq bo‘ladi / Foto: GSM Arena

Vivo X Fold5 o‘zining yupqa dizayni bilan hatto Apple iPhone 16 Pro Max bilan taqqoslaganda ham ajralib turadi. Bu haqda GSM Arena nashri ma’lum qildi.

Taqqoslashda nimalar ayon bo‘ldi

• iPhone 16 Pro Max’ning qalinligi – 8,3 mm
• X Fold3’ning buklangan holatdagi qalinligi – 10,2 mm
• X Fold5 – Fold3’dan ham yupqaroq va yengilroq, yig‘ilgan holatda iPhone’dan bir oz qalinroq, lekin yoyilgan holatda undan yupqaroq bo‘lishi kutilmoqda.

VIVO brendi ushbu tafovutni ko‘rsatish uchun X Fold5’ni iPhone 16 Pro Max yonida – yig‘ilgan va yoyilgan holatlarda ko‘rsatgan rasmni ommaga havola qildi. Bu yangi avlod buklama qurilmalarida muhim burilish bo‘lishi mumkin.

Kutilayotgan texnik xususiyatlar:

  • Chipset: Snapdragon 8 Gen 3
  • Tezkor xotira: 16 GB
  • Ichki xotira: 512 GB
  • Displeylar:
    • Ichki: 8,03 dyuymli 2K+ AMOLED, 120 Hz
    • Tashqi: 6,53 dyuymli AMOLED, 120 Hz
  • Akkumulyator: 6000 mA/soat
  • Zaryadlash: 90 Vt simli, 30 Vt simsiz

Taqdimot sanasi hali rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, so‘nggi mish-mishlarga ko‘ra, 10-iyul kuni Vivo X200 FE smartfoni bilan birgalikda namoyish qilinishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Vivo X200 Ultra nihoyat global sotuvga chiqqani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek