Avto

Chevrolet kompaniyasi Tracker RS 2025 taqdim etdi

Uning boshlang‘ich narxi – $28 000
Chevrolet kompaniyasi Tracker RS 2025 taqdim etdi / Foto: chevrolet.com

Chevrolet kompaniyasi 2025-yilgi Tracker RS krossoverini rasman taqdim etdi. Bu haqda Speedme nashri xabar berdi.

Bu model sport uslubidagi kompakt krossover bo‘lib, bazaviy komplektatsiya sifatida bozorda o‘rin egallaydi. Uning boshlang‘ich narxi – $28 000.

Model Braziliyada ishlab chiqarilgan bo‘lib, asosan Lotin Amerikasi bozori uchun mo‘ljallangan. Tracker RS versiyasi Premier’ga nisbatan arzonroq va dizayni yangilangan.

Krossover Rally Sport uslubidagi qora elementlar, 17 dyuymli disklar va RS aksentlari bilan ajralib turadi. Texnik jihatdan, u 1,2 litrli turbo dvigatel (133 ot kuchi, 190 Nm), 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi va oldingi tortish tizimi bilan jihozlangan.

To‘qnashuv haqida ogohlantirish kabi xavfsizlik funksiyalari ham mavjud. Foto: chevrolet.com

Mashina Apple CarPlay va Android Autoni qo‘llab-quvvatlovchi multimedia tizimiga ega. Shuningdek, to‘qnashuv haqida ogohlantirish kabi xavfsizlik funksiyalari ham mavjud.

Chevrolet 7 yil yoki 150 000 km kafolatni taklif qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Onix narxidagi gibrid avtomobilini taqdim etgani haqida yozgandi.