Jahon chempionatiga yo‘llanma olishdagi harakati uchun terma jamoa va bir qancha qatnashchilar mukofotlandi

6-iyun 2025 17:00 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: O‘zbekiston futbol assosatsiyasi

Bugun, 6-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra:

  • Terma jamoaning 25 nafar a’zosi hamda bosh murabbiy Timur Kapadze — «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan;
  • sobiq bosh murabbiy Srechko Katanes hamda uning shtabidagi yordamchi murabbiylar — «Do‘stlik» ordeni bilan;
  • O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov — «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, terma jamoaning shifokori Alisher Aripov II darajali «Salomatlik» ordeni bilan, fizioterapevtlari (A.Bezborodov, I.Usmanov, A. Hasanov) esa «Sog‘lom turmush» medali bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining quyidagi xodimlariga esa «Shuhrat» medali beriladi:

  • Axmedov Davron — tarjimon;
  • Ashirov Shukurullo — administrator;
  • Igamberdiyev Sherzod — xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i;
  • Maksumov Avaz — bosh kotib;
  • Pirmuxamedov Xasan — fotosuratchi;
  • Ruziyev Islom — video operator;
  • Salixov Jamoliddin — bosh mutaxassis;
  • Tadjiyev Sarvar — administrator;
  • Fayziyev Davron — marketing va media bo‘limi boshlig‘i;
  • Xakimov Dilshod — maxsus inspeksiya bo‘lim boshlig‘i;
  • Sherbayev Jurabek — muxlislar klubi raisi o‘rinbosari.

Shu bilan birga, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoalar bo‘limi muxlislar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi Abdurahmon Fazilov «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» klubi Abduqodir Husanovni g‘alaba bilan tabriklagani haqida yozgandi.

Shuningdek