Avto

May oyida elektromobillar savdosi rekord natijaga yetdi

Yaponiyada
BYD Yangwang U7
May oyida elektromobillar savdosi rekord natijaga yetdi / Foto: Carnewschina

Xitoyning BYD kompaniyasi may oyida elektromobillar savdosi bo‘yicha Yaponiyada ilk bor eng ko‘p sotilgan 10 ta import brendi ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda Speedme nashri xabar berdi.

JAIA ma’lumotlariga ko‘ra, bir oy ichida Yaponiyada 416 ta BYD elektromobili ro‘yxatdan o‘tkazilgan, bu kompaniya uchun yangi rekorddir.

Eng ommabop model – yangi elektr SUV BYD Sea Lion 07 (Yaponiyada Sealion 7) bo‘ldi.

BYD Sea Lion 07 / Foto: BYD

Faqat may oyining o‘zida ushbu modelning 240 dan ortiq nusxalari sotilgan. Mavjud statistikaga ko‘ra, model umumiy hisobda 350 dona savdoga chiqarilgan va BYD savdolariga jiddiy turtki bergan.

Hozirda Yaponiyada to‘rt xil BYD modeli sotuvda: ATTO 3 (eksportdagi Yuan Plus), Dolphin, Seal va yangi Sea Lion 07. Kompaniya o‘zining Yaponiyadagi faoliyatini 2023-yil yanvarida boshlagan va shundan buyon barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Yapon bozori an’anaviy ravishda tashqi brendlarga, ayniqsa, xitoylik avtomobillarga ehtiyotkorlik bilan yondashadi. Biroq elektromobillarga bo‘lgan talabning o‘sishi, zamonaviy texnologiyalar bilan to‘liq jihozlanishi hamda agressiv narx siyosati BYD’ni hatto Yaponiyada ham muhim o‘yinchiga aylantirmoqda.

Shu bilan birga, Rossiyaga asosan Toyota avtomobillari eksport qilinmoqda, Yaponiyada esa xaridorlar ko‘proq elektromobillar, xususan, BYD’ni tanlamoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Top – 10» yapon avtomobillari qaysilar ekani haqida yozgandi.