Sergelidagi mebel sexida yong‘in yuz berdi

eʼlon qilindi
Yong‘in to‘liq o‘chirilgan
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

6-iyun kuni ertalab Toshkent shahrining Sergeli tumani Bobur mahallasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yong‘in haqida xabar soat 07:55 da kelib tushgan.

Soat 08:07 da yong‘inga qarshi xizmat guruhlari voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etishga kirishgan. Yong‘in soat 10:23 da to‘liq o‘chirilgan.

Hozirda yong‘in sabab va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Olmazor tumanida yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek