Soliq mobil ilovasi va ayrim saytlarda uzilish kuzatilmoqda
eʼlon qilindi
ijara.soliq.uz, esi.uz saytlarida ham

Soliq tizimidagi mobil ilova va elektron portallar hamda servislarda texnik nosozliklar tufayli vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda qo‘mita xabar berdi.
Quyidagi xizmatlar faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelmoqda:
- my.soliq.uz va my3.soliq.uz elektron soliq portallari;
- ijara.soliq.uz, esi.uz saytlar;
- EHF rouming-operatori va boshqa servislar;
- Soliq mobil ilovasi;
Mutaxassislar xizmatlarni tez fursatda tiklash va barqaror ishlashini ta’minlash ustida ishlamoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Transport vazirligi axborot tizimlarida vaqtincha uzilishlar bo‘lishi haqida yozgandi.