
Soliq tizimidagi mobil ilova va elektron portallar hamda servislarda texnik nosozliklar tufayli vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda qo‘mita xabar berdi.
Quyidagi xizmatlar faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelmoqda:
- my.soliq.uz va my3.soliq.uz elektron soliq portallari;
- ijara.soliq.uz, esi.uz saytlar;
- EHF rouming-operatori va boshqa servislar;
- Soliq mobil ilovasi;
Mutaxassislar xizmatlarni tez fursatda tiklash va barqaror ishlashini ta’minlash ustida ishlamoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Transport vazirligi axborot tizimlarida vaqtincha uzilishlar bo‘lishi haqida yozgandi.