Fan

Olimlar eski smartfonlardan ekologik mini ma’lumot markazlari yaratdi

Bitta qurilmani moslashtirish atigi 8 yevroga tushdi
Olimlar eski smartfonlardan ekologik mini ma’lumot markazlari yaratdi / Foto: Kadri Ann-Kivastik

Estoniyadagi Tartu universiteti olimlari xalqaro hamkorlar bilan birga eski smartfonlarni qayta ishlab, ularni kichik ma’lumot markazlariga aylantirdi. Bu haqda TechExplore nashri ma’lum qildi.

Har yili 1,2 mlrddan ortiq qurilma tashlab yuboriladi, ammo ularning ko‘pchiligi hali ishlashga yaroqli. Bu tashabbus chiqindilarni kamaytirish va CO₂ chiqindilarini nazorat qilishga yordam beradi.

Olimlar telefonlarning batareyasini tashqi quvvat manbasi bilan almashtirib, ularni 3D chop etilgan g‘iloflarda birlashtirdilar. Bitta qurilmani moslashtirish atigi 8 yevroga tushdi. Ushbu tizim suv ostida sinovdan o‘tkazilib, avtomatik ravishda dengiz hayvonlarini hisoblashda muvaffaqiyatli ishladi.

Yangi texnologiya bekatlarda yo‘lovchilar oqimini kuzatish, transportni rejalashtirish va ekologik monitoringda ham qo‘llanilishi mumkin. Olimlar hozirda ushbu yechimni global miqyosda joriy etish uchun hamkorlar izlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DeepSeek’ning tibbiyot sohasidagi salohiyatini sinovdan o‘tkazilgan edi.