Huawei 1,2 milliard so‘mdan qimmat avtomobilining sotuvini boshladi

7-iyun 2025 23:52 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Huawei 1,2 milliard so‘mdan qimmat avtomobilining sotuvini boshladi / Foto: CarNewsChina

Huawei kompaniyasining Huawei Maestro S800 hashamatli sedani Xitoyda yetti kun ichida 3600 ta buyurtma oldi. CarNewsChina nashrining yozishicha, avtomobilning narxi $98 mingni (1,2 mlrd so‘m) tashkil etadi.

Huawei va JAC kompaniyasining Maextro S800 hashamatli NEV sedani Xitoyda bozorga chiqqanidan keyin yetti kun ichida 3600 ta buyurtma oldi. Ushbu 5,5 metrli avtomobilning boshlang‘ich narxi 708 000 yuan ($98 ming) ni tashkil qiladi. Maextro S800 ning asosiy raqiblari Mercedes-Benz Maybach S-Class va Yangwang U7 modellaridir.

Foto: CarNewsChina

Maestro S800 30-may kuni Xitoy bozoriga rasman kirdi. Ushbu hashamatli sedanning yuqori bezakli varianti stiker narxi 1 018 000 yuanga ($141 600 ming) teng. Aniqlik uchun, tez-tez Maextro S800 ning asosiy raqiblaridan biri sifatida tilga olinadigan Mercedes-Benz Maybach S-Class 1 468 000 yuandan ($204 ming) boshlanadi.

Huawei Maestro S800 / Foto: CarNewschina

Ma’lumot o‘rnida, Maextro – Huawei va Nio sobiq ishlab chiqaruvchisi JAC o‘rtasidagi qo‘shma brend. Ikki tomon birgalikda ushbu loyiha uchun mustaqil ishlab chiqarish ob’ektini qurdilar. JAC asosan ishlab chiqarish va modulli arxitekturani rivojlantirish uchun javobgardir. Huawei asosiy komponent yetkazib beruvchi sifatida ishlaydi. Shuningdek, u o‘zining HIMA (Harmony Intelligent Mobility Alliance) tarmog‘i orqali Maextro S800 sotuvi bilan shug‘ullanadi.

Foto: CarNewsChina

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri FAW Audi Guangdong – Gonkong – Makao avtosalonida yangi Q6L e-tron elektromobilining savdosini boshlagani haqida yozgan edi.

Ushbu model Audi va Huawei hamkorligida yaratilgan bo‘lib, Xitoy bozoriga moslashtirilgan yuqori texnologiyali hashamatli SUV hisoblanadi.

Shuningdek