Yangiliklar

Italiyalik turistlarning O‘zbekistonga tashrifi keskin ortdi

Yil boshidan buyon ko‘rsatkichlar ijobiy o‘sib bormoqda
Italiyalik turistlarning O‘zbekistonga tashrifi keskin ortdi / Foto: Planet of Hotels

2025-yilning yanvar – aprel oylarida O‘zbekistonga 11,1 ming nafar Italiya fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 ming nafarga ko‘p bo‘lib, 11,3 foizga o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Sayyohlar orasida eng ko‘p kelganlar — 10 471 kishi dam olish va diqqatga sazovor joylarni ko‘rish maqsadida bo‘lgan. Bundan tashqari, 385 nafar italiyalik qarindoshlarini yo‘qlash uchun, 247 nafari xizmat safari bilan, 34 kishi esa o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Italiya mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.