
Amerikalik milliarder Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya tuzish zarurligini aytdi. Bu haqda o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

«Amerikada aholining 80 foizini chinakam vakillik qiladigan partiya tuzish vaqti kelmadimi?» – deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Maskning bu fikrini uning sahifasida o‘tkazilgan so‘rovda qatnashganlarning 80 foizi qo‘llab-quvvatladi. So‘rovda 5,6 mlndan ortiq kishilar ishtirok etdi.
Avvalroq Mask AQSh prezidentligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Donald Tramp uning yordamisiz g‘alaba qozona olmasligini aytgan edi.
Shuningdek, u Trampning saylov kampaniyasiga 250 mln dollar ajratganini eslatib o‘tdi.
Ammo Mask va Tramp o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan – buning sababi Maskning Trampning budjet siyosatini keskin tanqid qilib, uni «jirkanch va nafratli» deb atagani bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mask va Trampning janjali Tesla aksiyalarini qulatdi – bir kunda $150 mlrd yo‘qotgan edi.