
6-iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston milliy terma jamoasi tantanali ravishda kutib olindi. Bu haqda UFA ma’lum qildi.
Jamoa Abu-Dabida BAA terma jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynab, ilk bor 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga chiqish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu tarixiy natija O‘zbekiston futboli uchun katta yutuq bo‘lib, terma jamoa ilk bor mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.






Aeroportda tashkil etilgan kutib olish marosimida rasmiylar, sport arboblari, jamoa azolari, ularning yaqinlari va muxlislar ishtirok etdi. G‘alabali jamoa tantanali tarzda qarshi olindi, ular sharafiga bayramona atmosfera hukm surdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA rahbari O‘zbekistonni g‘alaba bilan qutlagan edi.