
Samsung Galaxy S25 Edge smartfoni juda oddiy batareyaga egaligi uning qalinligi bilan bog‘liq. Bu haqda Tom’s Guide You Tube kanalida ma’lum qilindi.
Smartfon kremniy-uglerod batareyasi uchun munosib da’vogar bo‘lsa-da, kompaniya oddiy turidan foydalangan.
Samsung Electronics America kompaniyasining smartfon mahsulotlarini boshqarish bo‘yicha direktori Bleyk Geyser Tom’s Guide nashriga bergan intervyusida Galaxy S25 Edge’ning 3900 mA / soat batareyasi haqida gapirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya yangi turdagi akkumulyatorlardan voz kechishga qaror qildi, chunki sun’iy intellektdan foydalanish Galaxy S25 Edge’dagi oddiy batareyaning samaradorligini oshirishga yordam beradi.
«Samsung har doim chiqadigan barcha yangi texnologiyalarni kuzatib boradi. Albatta, biz ko‘zimizni uzmaymiz. SI funkisiyasi ushbu batareyalarning ishlashi va samaradorligiga yordam beradi, biz haqiqatan ham an’anaviy lityum-ion batareyadan foydalanishni ushbu qurilma uchun to‘g‘ri harakat deb his qildik», – deydi u
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri may oyining eng yaxshi smartfonlari aniqlangani haqida yozgan edi.