«Asteriks va Obeliks»dan «qolgan» villa: Fransiyada 4000 kv/mlik qadimiy gallar uyi topildi

8-iyun 2025 15:11 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
«Asteriks va Obeliks»dan qolgan villa: Fransiyada 4000 kv/mlik qadimiy gallar uyi topildi / Foto: «Asteriks va Obeliks» filmidan tasvir

Fransiyaning Oser shahri yaqinidan eng yirik gallo-rim villalaridan biri topildi. Qadimiy hashamatli markaz 4000 kvadrat metr maydonni egallaydi. Bu haqda Inrap nashri xabar bermoqda.

Ushbu villa markaziy bog‘, galereyalar, hammomlar va favvoralar bilan bezatilgan bo‘lib, boy aristokratik oilaga tegishli bo‘lgan.

Foto: Ch. Fouquin / Inrap

Birinchi arxeologik topilmalar XIX asrda qayd etilgan. Ammo 1966-yilda shag‘al qazish vaqtida kompleksning kichik qanoti topilgach, keng qamrovli tadqiqotlar boshlangan.

Markaziy bog‘ 450 kv/m bo‘lib, shimolda katta hovuz, janubda esa ehtimoliy marosimiy maqsadga ega favvora joylashgan.

Foto: Ch. Fouquin / Inrap

Villada qabulxonalar, texnik xonalar, poldan isitiladigan hammomlar mavjud bo‘lgan. Uyning me’moriy murakkabligi uning oddiy dala uyi emasligini ko‘rsatadi.

Hozirgacha bir nechta qurilish bosqichlari aniqlandi. Bu esa turli davrlardagi o‘zgarishlarni aks ettiradi. Arxeologlar topilgan keramika va mozaikalarni o‘rganib, aniq davrni aniqlamoqda.

15-iyun, yakshanba kuni Yevropa arxeologiya kunlari doirasida yodgorlik ommaga ochiq bo‘ladi.

Foto: Ch. Fouquin / Inrap

Ma’lumot o‘rnida, Qadimgi Galiya – hozirgi Fransiya, Belgiya va Shveysariyaning bir qismini o‘z ichiga olgan hudud bo‘lib, qadimda kelt qabilalari yashagan. Miloddan avvalgi IV–I asrlarda Galiya mustaqil qabilaviy tuzumlarga bo‘lingan edi. Miloddan avvalgi 58 – 51-yillarda Rim sarkardasi Yuliy Sezar bu hududni bosib olib, Rim imperiyasiga qo‘shgan.

Rim istilosidan so‘ng Galiya shaharlari rivojlandi, rim madaniyati, tili va me’morchiligi keng tarqaldi. Bu davrda boy zodagonlar hashamatli villalarda yashagan. Rim uslubidagi hammomlar, forumlar va yo‘llar qurilgan. Galiya Rim imperiyasining eng boy va rivojlangan provinsiyalaridan biri hisoblangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Napoleonning qilichi kimoshdi savdosiga qo‘yilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek