Xavfsizlik

Bir oylik harbiy xizmat narxi salkam 9 million so‘m bo‘ldi

Eng kam oylik ish haqining yetti baravari miqdori
Armiya
Bir oylik harbiy xizmat narxi salkam 9 mln so‘m bo‘ldi / Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi bir oy davom etadigan harbiy xizmat narxi oshirildi. Bunga 1-avgustdan kuchga kiradigan eng kam ish haqining oshishi sabab bo‘ldi.

Qabul qilingan qarorga ko‘ra, eng kam oylik ish haqi 10 foizga oshib, 1 mln 271 ming so‘mni tashkil etadi. Safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat haqi ham endilikda 8,89 mln so‘m bo‘ladi. (Narx eng kam oylik ish haqining yetti baravari miqdorida belgilanadi)

Ma’lumot o‘rnida, Safarbarlik chaqiruv rezervi (SChR) – bu O‘zbekiston fuqarolari uchun bir oylik to‘lovli harbiy xizmat shakli. Xizmat muddati davomida fuqarolar harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi va keyinchalik zaxiradagi harbiy sifatida ro‘yxatga olinadi. SChR xizmatini bajargan shaxs harbiy xizmatdan ozod etiladi. Ushbu tizim yoshlar uchun harbiy tayyorgarlikdan o‘tishning qisqa va moslashuvchan usulidir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yangilangan T-64 tankini taqdim etgani haqida yozgan edi.