
O‘zbekiston hamda Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi «JCh—2026» uchinchi saralash bosqichi uchrashuvi uchun chiptalar «Bunyodkor» va «Paxtakor» stadionlari kassalarida sotuvda davom etmoqda. Bu haqda Football News xabar bermoqda.
Shuningdek, «Humo Arena»da chiptalar savdosi ham vaqtinchalik to‘xtatilgani ma’lum bo‘ldi. Rasmiy sabablar keltirilmagan.
Muxlislarga chiptalarni ko‘rsatilgan stadionlardagi faoliyat yurituvchi kassalardan olish tavsiya etiladi. Ikki jamoaning uchrashuvi 10-iyun kuni «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadi.
iTicket savdo platformasi avvalgi o‘yinlar tajribasiga asoslanib, chiptalarni faqat oflayn rejimda, maxsus kodlashdan foydalangan holda sotadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston – Qatar o‘yini uchun chiptalar narxi haqida yozgan edi.