Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso O‘zbekistonga keladi

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso 8 – 10-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkentda O‘zbekiston va Slovakiya oliy darajadagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda savdo, investitsiya, innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika va turizm sohalarida hamkorlik muhokama qilinadi.
Mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi aloqalar ham ko‘rib chiqiladi. Xalqaro maydonlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashiladi. Muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolanishi rejalashtirilgan. Robert Fitso IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston va Sloveniya diplomatik pasport egalari o‘rtasida vizasiz tartib joriy etilishi haqida yozgan edi.