Yangiliklar

Tramp Milliy gvardiyani Los-Anjelesga joylashtirishni buyurdi

Shaharda ikki kundan beri namoyishlar davom etmoqda
Tramp Milliy gvardiyani Los-Anjelesga joylashtirishni buyurdi / Foto: Eric Thayer / AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Los-Anjelesdagi ko‘cha tartibsizliklariga qarshi kurash uchun milliy gvardiyani yuborishni buyurdi. Bu haqda Oq uy saytida xabar berildi.

Tartibsizliklar juma kuni immigratsiya reydlaridan keyin boshlangan. Namoyishchilar immigratsiya patrul mashinalarini to‘sib, mahbuslarni ozod qilishni talab etishdi. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Namoyishchilar huquq-tartibot xodimlariga tosh otishni boshlagan va chiqindidan yasalgan barrikadalarga o‘t qo‘yishgan.

Paramount shahrining Latino chekkasidagi Home Depot binosi tashqarisida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘lib, tartibsizliklarda yuzlab aholi qatnashgan.

Tramp Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomni harakatsizlikda aybladi va qat’iy choralar ko‘rishga va’da berdi.

AQSh Mudofaa vaziri Pit Xegsetning aytishicha, departament tartibsizliklarni bostirish uchun Kamp Pendlton va boshqa harbiy qismlardan dengiz piyodalarini joylashtirishga tayyor.

Milliy gvardiya xodimlari tartibsizliklar joyiga yaqin 24 soat ichida yetib borishi kutilmoqda.

Avvalroq Ilon Mask AQSh moliya vaziri bilan mushtlashgani haqida yozgan edik.