Xitoyda iPhone 5 hajmidagi mini-smartfon taqdim etildi

8-iyun 2025 12:23 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xitoyda iPhone 5 hajmidagi mini-smartfon taqdim etildi / Foto: Bluefox

Xitoyda iPhone 5 hajmidagi mini-smartfon – Bluefox NX1 taqdim etildi. Bu haqda «Palach» nashri xabar bermoqda.

Smartfonning o‘lchamlari iPhone 5 bilan deyarli bir xil. Uning korpusi atigi 10 x 4,9 x 1,2 sm bo‘lib, 4 dyuymli IPS displey 1168 × 540 pikselli, 60 Gts chastota va 500 nit yorqinlikka ega.

Bluefox NX1 MediaTek Helio G81 protsessori bilan ishlaydi. Qurilma 4 yoki 8 GB operativ xotira va 64 yoki 128 GB doimiy xotira bilan jihozlanadi. MicroSD kartalar uchun slot mavjud.

Foto: Bluefox

Kameralar oddiy: orqa tomonida 21 MP, oldida esa 5 MP kamera bor. Operatsion tizim sifatida Android 15 o‘rnatilgan.

Telefonning eng katta afzalliklaridan biri – 3000 mA/soat sig‘imli batareyasi. Bu qurilma hajmiga nisbatan ancha quvvatli hisoblanadi.

Bluefox NX1’ning boshlang‘ich narxi 599 yuan (taxminan 6$83) bo‘lib, 4/64 GB versiyasiga taalluqlidir. 8/128 GB modeli esa 799 yuanga (taxminan $111) baholangan.

Foto: Bluefox

Ushbu mini-smartfon iyul oyida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Avvalroq Honor kompaniyasining yangi Honor 400 va 400 Pro smartfonlari Xitoyda sotuvga chiqarilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi 9 000 mA/soatli akkumulyatorga ega arzon Redmi Pad 2 planshetini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Redmi Pad 2 2022-yilda chiqqan avvalgi modelning vorisi bo‘lib, yangilangan ekran va kattalashtirilgan batareya sig‘imi bilan ajralib turadi.

Shuningdek