Xitoyda yangi koronavirus aniqlandi

Xitoyda yangi koronavirus HKU5-CoV-2 aniqlandi, u odamga yuqishi mumkinligi haqida xabar berildi. Bu haqda Lifehacker nashri yozmoqda.
Vashington universiteti olimlari virusning kichik o‘zgarishi inson hujayralaridagi ACE2 retseptorlariga yopishishini ta’kidlagan. Bu virus nafas yo‘llari va ichakda ko‘payishi mumkin. HKU5-CoV Merbecoviruses guruhi vakili bo‘lib, unga MERS-CoV ham kiradi. MERS 35 foiz o‘limga olib keladi va u ko‘pincha tuyalar orqali yuqadi. HKU5 birinchi marta Xitoyda sutemizuvchilardan topilgan.
Virus hali odamlar orasida keng tarqalmagan, Sars-CoV-2 singari oson yuqmaydi. Olimlar virus odamga yuqishi mumkinligini, ammo hozircha bunga oid dalillar yo‘qligini bildirdi. Shuning uchun hozircha vahimaga tushishga hojat yo‘q. Tadqiqot natijalari Nature Communications jurnalida e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga izoh berilgani haqida yozgan edi.