Avto

2025-yilda qaysi elektromobillarni tanlash kerak

Reytingda deyarli 500 ta model baholangan
2025-yilda qaysi elektromobillarni tanlash kerak. Foto: MikeMareen / depositphotos.com

Germaniyaning yirik avtoklubi ADAC 2025-yil uchun eng yaxshi elektromobillar reytingini e’lon qildi. Bu haqda Speed.me nashri xabar qildi. Reytingda deyarli 500 ta model har bir bosgan kilometri uchun qancha AQSh dollari to‘g‘ri kelishi mezoni bo‘yicha baholangan.

Eng yaxshi elektromobil – Tesla Model 3 bo‘ldi. U bir marta quvvatlash bilan 702 km yo‘l bosishi mumkin va narxi $57 ming atrofida. Har bir yurgan kilometriga $0,73 to‘g‘ri keladi.

Undan keyingi o‘rinlarda KIA EV3 ($0,78/km) va Hyundai Inster ($0,79/km) joy oldi. Ahamiyatli tomoni, hatto 791 km quvvat zaxirasiga ega Mercedes CLA 250+ EQ bu ro‘yxatda yo‘q. Sababi bu avtomobil premium segmentdagi iqtisodiy jihatdan qulay tanlov sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, Citroen e-C3, Opel Corsa Electric, Peugeot e-3008 va Skoda Elroq kabi modellar shaharda yurish va oilaviy foydalanish uchun yaxshi variant sifatida tavsiya qilindi.

Eng yomon ko‘rsatkichli elektromobillar ro‘yxatida esa yuqori narxga ega. Ammo kam masofaga yurish imkoniyatiga ega modellar turibdi. Bular Lotus Evija, Rolls-Royce Spectre va Mercedes EQG. Bunday avtomobillar kundalik ehtiyojlarda foydalanish uchun emas, balki asosan nufuz (status) uchun tanlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan may oyida elektromobillar savdosi rekord natijaga yetgani haqida yozgandi. Xitoyning BYD kompaniyasi may oyida elektromobillar savdosi bo‘yicha Yaponiyada eng ko‘p sotilgan 10 ta import brendi ro‘yxatiga kirgan.