Afg‘onistonning «Salang» dovoni 10-iyundan yopiladi
eʼlon qilindi
Katta hajmli yuk avtomobillarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Shu yilning 10-iyunidan boshlab «Salang» dovonida navbatdagi ta’mirlash ishlari boshlanadi. Shu sababli dovon orqali katta hajmli yuk avtomobillarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi Afg‘oniston tomonining ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Xalqaro yuk tashuvlarini aynan ushbu yo‘nalish orqali amalga oshirishni rejalashtirgan tashuvchilardan vaziyatni inobatga olishlari so‘raldi.
Transport vazirligi Pokiston va uning portlariga yuk tashuvlarini muqobil transport yo‘nalishlari orqali amalga oshirishni tavsiya etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Dovut-ota» chegara punkti 1-sentabrgacha vaqtincha yopilgani haqida yozgandi.