AQSh aviakompaniyalari Starlink xizmatini to‘xtatishni boshladi

eʼlon qilindi
Xavfsizlik nuqtai nazaridan
AQSh aviakompaniyalari Starlink xizmatini to‘xtatishni boshladi / Foto: PK-Photos via Getty Images

AQShning United Airlines aviakompaniyasi Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmatini mintaqaviy flotidagi bir qancha samolyotlarda vaqtincha o‘chirib qo‘ydi. Bu haqda PC Mag nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, holatga texnik muammolar, xususan, uchuvchilar tomonidan foydalaniladigan aloqa antennalari bilan Starlink antennalari o‘rtasida yuzaga kelgan radio to‘sqinlik sabab bo‘ldi.

Kompaniya bu holat parvoz xavfsizligiga xavf tug‘dirmasligini ta’kidlab, xizmat yaqin orada yana tiklanishini bildirdi. Hozirgacha ushbu muammo kuzatilgan Embraer E175 rusumidagi samolyotlarning uchdan birida muammo bartaraf etilgan. Texnik xizmat doirasida qolgan samolyotlarga ham tuzatishlar kiritilishi rejalashtirilgan.

Shunga qaramay United Airlines yo‘lovchilar uchun yangi xizmatni ham ishga tushirdi – endilikda 680 dan ortiq samolyotlarda Spotify musiqiy platformasining mashhur pleylistlaridan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu o‘zgarish «Audio» bo‘limini to‘liq almashtiradi va yo‘lovchilarga parvoz davomida yanada boy ko‘ngilochar tajriba taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondan Xitoyga qaysi aviakompaniyalar muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ygani haqida yozgan edik.

Shuningdek