AQSh kompaniyalari O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytiradi

eʼlon qilindi
Bu bo‘yicha takliflar ham taqdim etildi
AQSH kompaniyalari O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytiradi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida AQShning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda «Boeing», «Visa», «Coca-Cola», «Morgan Stanley» kabi yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Prezident Amerika biznesining O‘zbekistonda faoliyatini kengaytirishga bo‘lgan qiziqishini mamnuniyat bilan qayd etdi. Uchrashuvda sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, energetika, transport va turizm sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Amerikalik investorlar yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, yangi loyihalar bo‘yicha takliflarini taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qilgan edi.

Shuningdek