
BMW kompaniyasi yangi elektromobillari – iX5, iX6 va iX7 modellarini AQShda ishlab chiqarilishini rasman tasdiqladi. Bu haqda Speed.me nashri xabar berdi.
Ular Janubiy Karolinadagi Spartanburg zavodida yig‘iladi. Mazkur zavod BMW’ning eng yirik eksport markaziga aylangan.
Ishlab chiqarish quyidagi muddatlarga rejalashtirilgan:
- iX5 – 2026-yilda konveyerga chiqadi;
- iX7 – 2027-yilda ishlab chiqariladi;
- iX6 – ishlab chiqarish sanasi hali aniq emas.




Modellar CLAR platformasi asosida quriladi. U ichki yonuv dvigateli va elektromotorlarga moslashtirilgan. Shu bilan birga, Neue Klasse texnologiyalari: Gen6 akkumulyatorlar, 800 voltli tizim va yangi harakatlantiruvchi qurilmalar integratsiya qilinadi. Natijada yurish zaxirasi 30% oshadi, zaryadlash esa tezlashadi.
Shuningdek, kompaniya AQShdagi infratuzilmasini rivojlantirish uchun $1,7 milliard sarmoya kiritdi:
- $1 mlrd – zavod modernizatsiyasi uchun;
- $700 mln – Woodruff shahrida yangi akkumulyator zavodiga.
Akkumulyator hujayralari Florensiyadagi AESC gigazavodidan yetkazib beriladi.
Yangi modellardan iX7 Cadillac Escalade IQ, iX5 esa Tesla Model X va boshqa premium elektromobillar bilan raqobatlasha oladi. BMW an’anaviy modellarni butunlay elektr versiyada taqdim etib, real bozorga mo‘ljallangan yondashuvni tanladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan BMW’ning barcha modellari yangi dizaynga o‘tishi haqida yozgandi.