Dollar kursi 65 so‘mga arzonladi
eʼlon qilindi
9-iyun kuni

O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi (UZCE) ma’lumotlariga ko‘ra, 9-iyun kuni dollar kursi 65,47 so‘mga pasayib, 12 712,05 so‘m etib belgilandi.
- Oldingi kurs (5-iyun): 12 777,52 so‘m;
- Yangi kurs (9-iyun): 12 712,05;
- O‘zgarish: −65,47 so‘m.
Banklardagi eng maqbul kurslar
«Pultop» kanali ma’lum qilishicha, 9-iyun kuni dollarning maqbul kurslari quyidagi banklarda kuzatilgan:
Banklarga sotish (USD – UZS):
- «Trastbank» – 12 760 so‘m;
- «Kapitalbank» – 12 750 so‘m;
- «Ipak Yo‘li Bank» – 12 750 so‘m.
Banklardan sotib olish (UZS – USD):
- «Apex bank» – 12 790 so‘m;
- «Anorbank» – 12 790 so‘m;
- «Hayotbank» – 12 800 so‘m.
Avvalroq «Kursiv» o‘zbek so‘mi hattoki skeptiklarni ham hayratda qoldirgani, dollar bo‘yicha yangi prognozlar e’lon qilingani haqida yozgandi.