Yangiliklar

Dollar kursi 65 so‘mga arzonladi

9-iyun kuni
Foto: NewAfrica / depositphotos.com

O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi (UZCE) ma’lumotlariga ko‘ra, 9-iyun kuni dollar kursi 65,47 so‘mga pasayib, 12 712,05 so‘m etib belgilandi.

  • Oldingi kurs (5-iyun): 12 777,52 so‘m;
  • Yangi kurs (9-iyun): 12 712,05;
  • O‘zgarish: −65,47 so‘m.

Banklardagi eng maqbul kurslar

«Pultop» kanali ma’lum qilishicha, 9-iyun kuni dollarning maqbul kurslari quyidagi banklarda kuzatilgan:

Banklarga sotish (USD – UZS):

  • «Trastbank» – 12 760 so‘m;
  • «Kapitalbank» – 12 750 so‘m;
  • «Ipak Yo‘li Bank» – 12 750 so‘m.

Banklardan sotib olish (UZS – USD):

  • «Apex bank» – 12 790 so‘m;
  • «Anorbank» – 12 790 so‘m;
  • «Hayotbank» – 12 800 so‘m.

Avvalroq «Kursiv» o‘zbek so‘mi hattoki skeptiklarni ham hayratda qoldirgani, dollar bo‘yicha yangi prognozlar e’lon qilingani haqida yozgandi.