Yangiliklar

Isroil Greta Tunberg bilan yaxtani G‘azo sohilida tutib oldi

Faollar gumanitar yordam yetkazishga harakat qilishgan
Isroil Greta Tunberg bilan yaxtani G‘azo sohilida tutib oldi / Foto: Instagram

Isroil harbiy-dengiz kuchlari G‘azo aholisi uchun gumanitar yordam olib ketayotgan Madlin yaxtasini qo‘lga oldi. Kema bortida shved atrof-muhit faoli Greta Tunberg bo‘lgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Yaxta ekipaji Falastin anklaviga oziq-ovqat yetkazib berish va G‘azodagi gumanitar falokatga e’tibor qaratishni rejalashtirgan. Isroil ekipajning harakatlarini dengiz blokadasini buzish va HAMAS jangarilarini qo‘llab-quvvatlash harakati sifatida baholadi.

Faollar yaxtadan olingan videoni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi. Greta Tunberg Isroil harbiylarining harakatlarini odam o‘g‘irlash deb atadi va Shvetsiya hukumatini vaziyatga aralashishga chaqirdi.

BBC’ning yozishicha, barcha yo‘lovchilar sog‘-salomat ekanligi aytilgan.

«Mashhurlarning selfi-yaxtasi» xavfsiz tarzda Isroil qirg‘oqlariga keldi. Yo‘lovchilar o‘z vatanlariga qaytishlari kutilmoqda”, – degan Isroil TIV.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AQSh Arab ligasining G‘azo sektoriga oid takliflarini rad etgani haqida yozgan edi.