Yangiliklar

Kolumbiya senatori Migel Uribe omma qarshisida o‘qqa tutildi

Shunga qaramay u prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatidan voz kechmadi
Kolumbiya senatori Migel Uribe omma qarshisida o‘qqa tutildi / Foto: News18

Kolumbiya senatori va keyingi yilgi prezidentlik saylovlarida nomzod bo‘lish niyatida bo‘lgan Migel Uribe shanba kuni poytaxt Bogotada bo‘lib o‘tgan tadbirda o‘qqa tutilib, og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, politsiya tomonidan 15 yoshli bola jinoyatda gumon qilinib, hibsga olindi.

Uribe ikki marta o‘qdan jarohat olgan va hozirda Santa Fe de Bogota shifoxonasida neyroxirurgik va qon tomirlari bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda. Bogota meri Karlo Fernando Galan senatorning holati kritik ekanini ma’lum qildi.

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro hujumni qattiq qoralab, uning ortida «asosiy tashkilotchilar» turganligini taxmin qildi hamda barcha resurslarni ishga solib aybdorlarni aniqlashga va’da berdi. Prezident, shuningdek, siyosatning zo‘ravonlikdan xoli bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Migel Uribe Markaziy demokratik partiyadan bo‘lib, Kolumbiyaning taniqli siyosiy oilasidan chiqqan. U 2022-yilda senator etib saylangan va xavfsizlik hamda xorijiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash bilan tanilgan.

Ushbu hujum mamlakatda siyosiy zo‘ravonlikka qarshi kuchli noroziliklar uyg‘otdi. Kolumbiya hukumati, sobiq prezidentlar va xalqaro hamjamiyat hujumni qoraladi. Mudofaa vaziri Pedro Sanchez Suarez aybdorlarni topish uchun 3 mlrd peso mukofot va’da qildi.

Hozirda senator Uribening ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston sobiq prezidenti 11,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.