
AnTuTu benchmark xizmati tomonidan may oyi bo‘yicha arzon smartfonlar reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, OPPO‘ning ikki smartfoni azronligi bilan ajralib turadi.
Birinchi o‘rin – Oppo K12s Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasini Oppo K12s egalladi. Smartfon Qualcomm Snapdragon 6 Gen4 protsessorida ishlaydi. U 8 GB tezkor va 128 GB doimiy xotira bilan jihozlangan. Modelning narxi atigi 832 yuan, ya’ni taxminan $115. Oppo K12s’ning eng asosiy afzalligi – katta 7000 mA·soat sig‘imli akkumulyatori.

Ikkinchi o‘rin – Realme Neo7x Realme Neo7x ham Snapdragon 6 Gen4 bazasida ishlaydi. Xotira hajmi xuddi shunday – 8/128 GB. Biroq uning narxi biroz qimmatroq: 892 yuan yoki $125.

Uchinchi o‘rin – iQOO Z10x iQOO Z10x modeli Dimensity 7300-Ultra chipida ishlaydi. U ham 8 GB operativ va 128 GB doimiy xotiraga ega. Narxi 842 yuan, bu esa $117atrofida.
Ushbu smartfonlar bozorda arzon narx va yuqori unumdorlikni uyg‘unlashtirgan eng yaxshi tanlovlar sirasiga kirdi.
Smartfonlar reytingi
| № | Smartfon modeli | Xotira | Narx/samaradorlik balli |
|---|---|---|---|
| 1 | OPPO K12s 5G | 8GB + 128GB | 918.8 |
| 2 | realme Neo7x | 8GB + 128GB | 902.8 |
| 3 | iQOO Z10x | 8GB + 128GB | 823.7 |
| 4 | vivo Y200t | 8GB + 128GB | 821.5 |
| 5 | OPPO K12x 5G | 8GB + 128GB | 819.2 |
| 6 | vivo Y300t | 8GB + 128GB | 812.8 |
| 7 | Nubia 小牛 (Xiaoniu) | 6GB + 256GB | 759.3 |
| 8 | Meizu Note 16 | 8GB + 128GB | 720.4 |
| 9 | iQOO Z9x | 8GB + 128GB | 716.7 |
| 10 | Honor Play9T | 8GB + 128GB | 675.1 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri eng ko‘p ijobiy fikrga ega smartfon sifatida Honor Magic 7 RSR tan olingani haqida yozgan edi.