Mazda 12 mingdan ortiq MX-5 Miata mashinasini chaqirib olmoqda

9-iyun 2025 11:51 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Mazda 12 mingdan ortiq MX-5 Miata mashinasini chaqirib olmoqda / Foto: A. Krivonosov

2024 va 2025-yilgi Mazda MX-5 Miata avtomobillarida stabilizatsiya tizimi ogohlantiruvchi chirog‘i ishlamay qolmoqda. Speedme nashrining yozishicha, bu AQSh xavfsizlik standartlariga zid hisoblanadi.

Muammo Bosch kompaniyasining elektron blokida aniqlangan. Unga 2023-yil dekabrdan 2025-yil fevralgacha ishlab chiqarilgan mashinalar duch kelmoqda.

Mazda ushbu xatolikni modullarni almashtirmasdan, kompyuter dasturini yangilash orqali tuzatadi. Yangilangan dastur 2025-yil 6-martdan boshlab yangi avtomobillarga o‘rnatilgan.

Muammoni bartaraf etish ishlari 2026-yil ikkinchi choragiga rejalashtirilgan. Avtomobil egalari 2025-yil 21-iyuldan boshlab xat orqali ogohlantiriladi.

Hozircha bu xatolik sababli hech qanday avariya holati aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Mazda EZ-60 sotuvi keskin oshib ketgani haqida yozgan edi.

Shuningdek