Navoiy jamoat transporti yana 42 ta yangi avtobus bilan boyitildi

eʼlon qilindi
Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-son qarori doirasida
Navoiyda jamoat transporti yana 42 ta yangi avtobus bilan boyitildi / Foto: Transport vazirligi

Navoiy viloyatida jamoat transporti xizmatlarini yaxshilash maqsadida Xitoyda ishlab chiqarilgan 42 dona zamonaviy Yutong avtobusi keltirildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Avvalroq, 1-bosqichda 18 ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. Endilikda esa yangi avtobuslar Karmana tumani markazi va Navoiy shahrining barcha asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Mazkur tashabbus davlat rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-son qarori doirasida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Urganch shahriga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelingan edi.

Shuningdek