Sport

O‘zbekiston – Qatar o‘yini chiptasi OLX’da paydo bo‘ldi

Narx bir necha baravar qimmat
chipta
O‘zbekiston – Qatar o‘yini chiptasini navbatsiz sotib olish qanchaga tushadi / Rasm Sora SI yordamida sayqallangan

O‘zbekistonQatar o‘yini 10-iyun kuni «Milliy» (Avvalgi «Bunyodkor») stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA) narxlar va savdo borasidagi qonun buzilishlarini oldini olish maqsadida chiptalarni offlayn sotishni ma’lum qilgan edi.

Ammo uchrashuvning chiptalari OLX’da paydo bo‘ldi. Kursiv Uzbekistan nashri onlayn savdo platformasidagi chipta narxlari bilan qiziqdi.

«Milliy» stadioni / Foto: Vikipediya

OLX.uz platformasida 6 E va 6 D sektorlari uchun chiptalar narxi 500 ming so‘m qiymatda sotilmoqda. Nashr sotuvchi bilan bog‘landi. Uning ta’kidlashicha, chiptalar haqiqiy, o‘yinga kirishda hech qanday muammo bo‘lmaydi. Bu qanchalik qonuniyligi yuzasidan Kursiv Uzbekistan UFAga so‘rov yubordi.

Aslida uchrashuv chiptalarining kassadagi narxlari quyidagicha:

  • 1-qavatdagi yon tomon sektorlari – 300 ming so‘m,
  • 1-qavatdagi markaziy sektorlar – 500 ming so‘m,
  • 2-qavat markaziy sektorlari – 100 ming so‘m,
  • 2-qavat yon tomonlari – 75 ming so‘m.
Foto: Ekran tasviri

Shuningdek, uchrashuvni Milliy kutubxona oldida joylashgan «Uzbekistan Land of Talents» shaharchasida katta ekran orqali tomosha qilish imkoni ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri uchrashuv chiptalarining narxlari va qayerdan sotib olish mumkinligi haqida yozgan edi.