O‘zbekiston – Qatar o‘yini munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopiladi

eʼlon qilindi
10-iyun kuni soat 16:00 dan boshlab
O‘zbekiston – Qatar o‘yini munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopiladi / Foto: VitalikRadko / depositphotos.com

Toshkent shahrida 10-iyun kuni soat 16:00 dan boshlab O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ba’zi yo‘llar yopiladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra quyidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi:

  • Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota – Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Chilonzor va KHAY ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor – Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KHAYdan – Muqimiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Alisher Navoiy – Furqat ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Sebzor-Ganga ko‘prigidan Furqat ko‘chasi tunnelga tushishdan cheklanadi;
  • Zarqaynar ko‘chasi tunnelga tushish cheklanadi;
  • Bunyodkor ko‘chasi Kamolon ko‘prik ostidan cheklanadi;
Harakat cheklanadigan ko‘chalar. Foto: Ichki ishlar vazirligi
  • Bunyodkor ko‘chasi 2-darajali asosiy yo‘lga chiqish Ozarbayjon elchixonasi asosiy yo‘lga chiqishdan cheklanadi;
  • Qatortol – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Bunyodkor – KHAY ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Bunyodkor 2-darajali yo‘li – Qatortol ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Bunyodkor – Gavhar ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • THAY – Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Erkin YPX maskanidan og‘ir yuk mashinalari cheklanadi;
  • Cho‘pon ota – Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston – Qatar o‘yini uchun chiptalarni qayerdan sotib olish mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek