Yangiliklar

O‘zbekiston va Slovakiya strategik hamkorlikka oid deklaratsiyani qabul qildi

Uchrashuv davomida tomonlar ishtirokida bir nechta o‘zaro anglashuv memorandumlarga qo‘l qo‘yildi
O‘zbekiston va Slovakiya strategik hamkorlikka oid deklaratsiyani qabul qildi / Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati axborot berdi.

Mazkur uchrashuv davomida tomonlar ishtirokida bir nechta o‘zaro anglashuv memorandumlarga qo‘l qo‘yildi. Xususan:

  • diplomatik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik;
  • qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik;
  • standartlashtirish, metrologik nazorat va mahsulotlarning mosligini baholash sohasida hamkorlik;
  • energetika bozori faoliyatini tartibga solish yo‘nalishidagi hamkorlik bitimlari;
  • 2025–2026-yillar uchun tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik dasturi;
  • 2025–2026-yillar uchun mo‘ljallangan standartlashtirish sohasidagi hamkorlik dasturi.

Yuqori darajadagi uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev va Robert Fitso Faxriy mehmonlar xiyobonida ramziy tarzda daraxt ekish marosimida ishtirok etdi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston Slovakiya bilan hamkorlikda IT startaplari uchun venchur fond tashkil etishi haqida yozgandi.