
Shu yilning 1-iyunidan boshlab O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim kuchga kirdi. O‘zbekistondan beshta aviakompaniya muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda.
Ular quyidagilar:
Uzbekistan Airways:
- Toshkent – Pekin: haftasiga uch reys (dushanba, chorshanba, shanba);
- Toshkent – Urumchi: haftasiga uch reys (seshanba, juma, yakshanba);
- Toshkent – Xanchjou: haftasiga ikki reys (payshanba, yakshanba);
- Farg‘ona – Urumchi: haftasiga bitta reys (juma).
«Qanot Sharq»:
- Toshkent – Guanchjou: haftasiga ikki reys (dushanba, payshanba);
- Toshkent – Sanya: haftasiga bitta reys (payshanba).
Centrum Air:
- Toshkent – Guanchjou: haftasiga ikki reys (chorshanba, yakshanba)
China Southern Airlines:
- Toshkent – Pekin: haftasiga to‘rtta reys (dushanba, chorshanba, juma, yakshanba);
- Toshkent – Urumchi: haftasiga to‘rtta reys (seshanba, chorshanba, payshanba, shanba);
- Samarqand – Urumchi: haftasiga bitta reys (yakshanba).
Loong Air:
- Toshkent – Chengdu: haftasiga uchta reys (dushanba, chorshanba, juma);
- Toshkent – Sian: haftasiga uchta reys (seshanba, payshanba, shanba)
Shuningdek, iyul oyidan «Air China» aviakompaniyasi Pekin – Toshkent – Pekin va Urumchi – Toshkent – Urumchi yo‘nalishlarida haftasiga uchta reysdan parvozni amalga oshiradi.
Ma’lumot uchun, vizasiz rejim ish, o‘qish va OAV faoliyati uchun, shuningdek Gonkong va Makaoga tashriflar uchun amal qilmaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoy kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda jamoat transportini yangilashga yordam berishi haqida yozgandi.