O‘zbekistonlik ayollar Hindistonda 13 million dollarlik shartnomalarni tuzdi

eʼlon qilindi
7 ta shartnoma
O‘zbekistonlik ayollar Hindistonda 13 million dollarlik shartnomalarni tuzdi. Foto: Savdo-sanoat palatasi

O‘zbekistonlik ayol tadbirkorlar delegatsiyasi Hindistonga xizmat safari chog‘ida jami qiymati $13 minglik yettita shartnomani tuzdi. Bu haqda Savdo-sanoat vazirligi xabar berdi.

Tashrif doirasida Hindiston va Markaziy Osiyodan kelgan 200 dan ortiq ishbilarmon ayollar muzokaralar o‘tkazdi. Natijada quyidagi yirik shartnomalar imzolandi:

  • «MaxFarm» MChJ rahbari Gokal International klinikasi bilan tibbiyot mahsulotlari importi bo‘yicha $3 mlnlik shartnoma tuzdi.
  • «Life Medium» MChJ rahbari tibbiyot, huquq va logistika yo‘nalishidagi to‘qqizta kompaniya bilan $1 mlnlik kelishuvlarga erishdi.
  • «Nurtex» MChJ rahbari maxsus tibbiy kiyimlar eksporti bo‘yicha $2,5 mlnlik shartnoma imzoladi.
  • «Cashgenics» MChJ rahbari sakkizta xorijiy kompaniya bilan ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha $3,5 mlnlik kelishuvlar tuzdi.
  • LaSposa to‘y liboslari saloni rahbari Vasha Varma kompaniyasi bilan mato importi bo‘yicha $1 mlnlik shartnomaga erishdi.
  • MPA International agentligi rahbari ta’lim sohasida uchta tashkilot bilan hamkorlik kelishuvi tuzdi.
  • «Artatex» MChJ rahbari Agrogiam kompaniyasi bilan to‘qimachilik yo‘nalishida $2 mlnlik kelishuvni amalga oshirdi.

Avvalroq «Kursiv» o‘zbekistonliklar Hindistonga yagona chipta bilan bora olishi haqida yozgandi.

Shuningdek