Shavkat Mirziyoyev Slovakiya bosh vazirini kutib oldi

eʼlon qilindi
Ko‘ksaroy qarorgohida mehmonni kutib olish marosimi yuqori darajada o‘tkazildi
Shavkat Mirziyoyev Slovakiya Bosh vazirini kutib oldi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 9-iyun kuni Slovakiya Respublikasi bosh vaziri Robert Fitso O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘ksaroy qarorgohida mehmonni kutib olish marosimi yuqori darajada o‘tkazildi. Qarorgoh maydonida faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy kutib oldi va marosim rasmiy bosqichini boshlash uchun shohsupaga taklif etdi.

Kutib olish marosimi davomida ikki mamlakat madhiyalari harbiy orkestr tomonidan ijro etildi. Shundan so‘ng davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, o‘z delegatsiyalari a’zolari bilan qisqacha tanishtiruvdan o‘tdi.

Uchrashuv avvalida birgalikda suratga tushildi va oliy darajadagi muzokaralarga kirishildi.

Video: Prezident matbuot xizmati

Ma’lumot o‘rnida, rus tilini biladigan «B» toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega fuqarolar Slovakiya avtomobil zavodiga kara haydovchiligi bo‘yicha ishga taklif qilingan edi.

Nomzodlarga O‘zbekiston va Shengen hududida sudlanmagan, rus tilidan og‘zaki va yozma bilimga ega, avtokara haydash bo‘yicha olti oylik tajribasiga ega bo‘lishi va ikki bosqichli imtihonlardan o‘tish talablari qo‘yilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri Slovakiya Respublikasi bosh vaziri Robert Fitso O‘zbekistonga kelishi haqida xabar bergandi.

Shuningdek