Taraqqiyot banklari okeanlardagi plastik ifloslanishga qarshi 3 milliard yevro ajratadi

eʼlon qilindi
2030-yilga qadar
Taraqqiyot banklari okeanlardagi plastik ifloslanishga qarshi 3 milliard yevro ajratadi / Foto: Condor

Yevropa investitsiya banki boshchiligidagi xalqaro taraqqiyot banklari guruhi 2030-yilgacha okeanlardagi plastik ifloslanishga qarshi kurashish uchun 3 mlrd yevrogacha sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Toza okeanlar tashabbusi 2.0» loyihasi doirasida chiqindilarni boshqarish, oqova suvlarni tozalash hamda yangi qadoqlash texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Osiyo taraqqiyot banki allaqachon tashabbusga qo‘shilgan. Kelgusida Jahon banki va Amerikaaro taraqqiyot banki ham hamkorlik qilishi kutilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bu tashabbus global plastik ifloslanishni kamaytirish va muammoning ildiziga qarshi kurashishda muhim qadam bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi birga kurashishi haqida yozgan edik.

Shuningdek