Fond bozori: «Ipoteka-bank» aksiyalari 5 foizga tushdi

eʼlon qilindi
Yuqori likvidli aksiyalardan o‘n to‘rttasi haftani ijobiy yakunladi
«Toshkent» fond birjasida qimmatli qog‘ozlar narxi o‘zgarishi e’lon qilindi / Foto: Depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 30-maydan 6-iyungacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 1,4 foizga pasaydi.

Eng katta o‘sishga erishgan kompaniyalar qatoridan «O‘zbektelekom» (+5,44%), «Hamkorbank» (+4,79%) va «Ipak yo‘li» (+4,35%) joy oldi. Aksiyalari haftani salbiy natija bilan yakunlagan kompaniyalar orasida esa «Ipoteka-bank» (-5,13%), «Kvarts» (-4,16%) va «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (-3,61%) yetakchilik qildi.

Bitimlar soni bo‘yicha «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (506 ta bitim), «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» (354 ta) va «Qizilqumsement» (225 ta) peshqadam bo‘ldi.

Hajm bo‘yicha esa «Agrobank» (1,25 trln), «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» (183,3 mln so‘m) va «Portlatishsanoat» (121 mln so‘m) yuqori uchlikni egalladi.

Yuqori likvidli aksiyalardan o‘n to‘rttasi haftani ijobiy, bittasi o‘zgarishsiz, qolgan to‘qqiztasi salbiy natija bilan yakunladi. Shu davrda fond birjasidagi umumiy savdo hajmi 1,31 trln so‘m bo‘ldi. Birja savdolari soni esa 3,7 mingtani (-19%) tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Dori-Darmon», «Uzbekinvest» va «OKMK» aksiyalari o‘sishga erishgani haqida yozgan edi.

Shuningdek