Toyota yangi bZ5 elektromobilini taqdim etadi

9-iyun 2025 10:22 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Toyota Xitoyda yangi bZ5 elektromobilini taqdim etadi / Foto: CarNewsChina

Toyota tomonidan Xitoyda BYD texnologiyasi bilan yangi Toyota bZ5 elektromobili taqdim etiladi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Yangi bZ5 – FAW-Toyota kompaniyasining to‘liq elektr bilan ishlovchi SUV modeli bo‘lib, Tianjin shahridagi zavodda ishlab chiqarilgan. Model Toyota’ning e-TNGA platformasi asosida yig‘ilgan va raqobatbardosh narx, zamonaviy texnologiyalar hamda uzoq yurish masofasi bilan ajralib turadi.

Foto: CarNewsChina

Toyota bZ5 uchta yurish masofasi varianti bilan taklif etiladi. 550 km CLTC yurish masofasiga ega model, oldindan savdoda 130 000 yuandan past (taxminan $18 ming) narxda bo‘lishi kutilmoqda.

550 km yuradigan, L2 darajali avtopilot tizimiga ega model 160 000 yuandan arzonroq ($22 ming).

Foto: CarNewsChina

bZ5’ning quvvat manbai – BYD kompaniyasiga qarashli FinDreams tomonidan ishlab chiqarilgan 200 kVt (268 ot kuchi) old elektr motor. Batareyalar esa BYD’ning mashhur Blade texnologiyasiga ega.

Tashqi ko‘rinish va o‘lchamlar

«Oqqush tumshug‘i» uslubidagi old dizayn va yashirin eshik tutqichlari bilan zamonaviy ko‘rinishga ega. O‘lchamlari 4780 mm uzunlik, 1866 mm kenglik, 1510 mm balandlikni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi – 2880 mm.

Foto: CarNewsChina

21 dyuymli disklar va LED yoritgichlar tashqi ko‘rinishni to‘ldiradi. Ichki qism minimalistik dizayn bilan yaratilgan. I15.6 dyuymli markaziy sensor ekran va raqamli asboblar panelidan iborat.

1.44 m² panoramali tom, 256 xil rangli yoritish, 4 ta «uyqu rejimi» mavjud. 9 ta xavfsizlik yostig‘i bilan jihozlangan.

bZ5 avtomobili ilg‘or Momenta 5.0 L2 darajadagi urban avtopilot tizimi bilan jihozlangan. 33 ta sensor, 30 dan ortiq haydovchiga yordam beruvchi funksiyalarni ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Onix narxidagi BYD Seal 06 elektromobili sotuvga chiqqani va BYD Fang Cheng Bao Tai 3 modelini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek