
Yangiariq tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi shaxs yer ajratish evaziga pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, u fuqaroga chorvachilik yo‘nalishida foydalanish uchun 29 gektar yer maydonini 49 yilga ijaraga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Ushbu yer «Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaligi» tasarrufiga tegishli bo‘lib, shaxs hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga $4 miqdorida pora so‘ragan.
Davlat xavfsizlik xizmati va moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish organlari hamkorligida o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida, u $3,9 ming va 1,3 mln so‘m pulni olayotgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli bandlariga asosan jinoyat ishi ochilgan va tergov ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida yozgandi.