Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Saida Mirziyoyevani mukofotladi

eʼlon qilindi
Ochiq muloqot va axborot siyosati yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun
Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Saida Mirziyoyevani mukofotladi / Foto: Saida Mirziyoyevaning Telegram’dagi rasmiy sahifasidan

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan uchrashdi va hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirish va teng shart-sharoitlar yaratish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Amerika biznes forumi muhim platforma sifatida e’tirof etildi. Kerolin Lemm O‘zbekistonda shaffoflikni oshirish, ochiq muloqotni rivojlantirish va axborot siyosatini modernizatsiya qilishdagi sa’y-harakatlar uchun Saida Mirziyoyevani maxsus mukofot bilan taqdirladi.

«Lemm xonim tomonidan taqdim etilgan, O‘zbekistonda shaffoflik tamoyillarini ilgari surish, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni rivojlantirish va axborot siyosatini modernizatsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarimizni e’tirof etuvchi mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildiraman», – deydi Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva nufuzli «Insoniy birodarlik» mukofoti hakamlar hay’ati tarkibiga kiritilgan edi.

Shuningdek