Amirsoy Resort yong‘in yuzasidan munosabat bildirdi

Bugun, 10-iyun kuni soat 01:32 da Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Chimyon mahallasi hududida joylashgan yog‘och konstruksiyali restoranda yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi.
Amirsoy Resort dam olish maskani Alpina restorani binosida yuz bergan yong‘in bo‘yicha munosabat bildirdi.
«Barcha xizmatlarga professionallik va tezkor munosabat uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Mehmonlarimiz va xodimlarimiz xavfsizligi har doim birinchi o‘rinda turadi.
Alpina restorani sug‘urta qilingan. Tez orada qayta tiklash ishlari boshlanadi va qish mavsumi boshlanishiga qadar u o‘z eshiklarini ochishi uchun maksimal darajada harakat qilmoqdamiz», – deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, dam olish maskani odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda, jabrlanganlar yo‘q.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Navoiy» chegara bojxona posti orqali harakatlar soni keskin ko‘paygani yuzasidan Bojxona qo‘mitasi munosabat bildirgani haqida yozgandi.