«Amirsoy»da yong‘in chiqdi

eʼlon qilindi
Yong‘in natijasida taxminan 300 kvadrat metr maydon yongan
«Amirsoy»da yong‘in chiqdi. Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun, 10-iyun kuni soat 01:32 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani «Chimyon» mahallasi hududida joylashgan yog‘och konstruksiyali restoranda yong‘in chiqdi. Bu haqda FVBga xabar berilgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan beshta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Ular yong‘inni soat 02:13 da o‘rab olishga muvaffaq bo‘lgan va soat 04:20 da to‘liq o‘chirilgan.

Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Yong‘in natijasida taxminan 300 kvadrat metr maydon — tom qismi, shift, ichki jihozlar yongani aniqlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori hozirda aniqlanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sergelidagi mebel sexida yong‘in yuz bergani haqida yozgandi.

Shuningdek