AQShda parashyutchilar samolyoti qulab tushdi
eʼlon qilindi
Jarohatlanganlar bor

AQShning Tennessi shtatida 20 nafar parashyutchini olib ketayotgan samolyot qulab tushdi. Hodisa Tullahoma shahri yaqinida ro‘y berdi. Bu haqda ABC News nashri ma’lum qildi.
Rasmiylarga ko‘ra, 6 kishi jarohat olgan, ulardan biri og‘ir ahvolda. Halok bo‘lganlar yo‘q. Samolyot havoga ko‘tarilgach favqulodda to‘xtashga majbur bo‘lgan.
Parvoz Skydive Tennessee kompaniyasiga tegishli bo‘lib, hodisa yuzasidan federal tergov boshlandi. Uchuvchi tezkor harakati bilan jiddiy talafotlarning oldini olgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreyada yangi harbiy kema suvga tushirilayotganda halokat yuz bergan edi.