Endilikda sudlanuvchi istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin

eʼlon qilindi
Shaxsning o‘z aybini tan olganligi yagona dalil bo‘lsa, jazoga tortish mumkin emas
Foto: kesu01 / www.depositphotos.com

O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning sud himoyasiga oid konstitutsiyaviy kafolatlarini yanada mustahkamlash maqsadida qator qonun hujjatlariga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, sudlanuvchi istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Jinoyat-protsessual kodeksidagi yangiliklar:

  • Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.
  • Shaxsning o‘z aybini tan olganligi yagona dalil bo‘lsa, u asosida aybdor deb topish yoki jazoga tortish mumkin emas.

«Sudlar to‘g‘risida»gi qonundagi o‘zgarishlar:

  • Sudya muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmaydi, ya’ni sud qarorlari uchun unga individual tarzda javobgarlik yuklanmaydi.
  • Sudyani ish muhokamasidan chetlashtirish, vakolatlarini to‘xtatish yoki boshqa lavozimga o‘tkazish faqat qonunda aniq belgilangan tartib va asoslar asosida amalga oshiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat fuqarosi Rossiya armiyasiga qo‘shilgani uchun to‘rt yilga qamalgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek