
General Motors (GM) elektromobillar uchun yong‘indan saqlash tizimini ishlab chiqdi elektromobillar uchun noodatiy egzoz tizimini patentladi. U gaz chiqarish yoki shovqin emas, balki yong‘indan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Bu haqda Speedme nashri xabar bermoqda.
Gap batareyaning haddan tashqari qizib ketishi — ya’ni termal akseleratsiya holati haqida ketmoqda. Bunday holatda avtomobil yonib ketishi mumkin.
Yangi tizim favqulodda holatlarda ishlaydi. Masalan, batareya zarbadan yoki nosozlikdan qizib ketganda, yonuvchi gazlar ajraladi. GM maxsus klapan va kanallar orqali bu gazlarni tashqariga chiqarib, haroratni tushiradi va yong‘inning oldini oladi.
Bu tizim oddiy egzoz emas, balki xavfsizlik uchun bosim pasaytiruvchi klapangga o‘xshaydi. GM bu orqali shunchaki motor tovushini yaratish emas, haqiqiy himoya tizimini joriy qilmoqda.
Yangi texnologiya Cadillac Lyriq-V kabi premium elektromobillar uchun ayniqsa muhim hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri GM ikkita avtomobili uchun yangilanish taqdim etgani haqida yozgan edi.